O‘zbek futbolidagi eng yorqin hujumchilardan biri Ja’far Irismetov Rossiyaning https://metaratings.ru saytiga bergan intervyusida bugungi kunda yurtimizning eng mashhur futbolchisi hisoblangan Eldor Shomurodovning Italiya chempionatidagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, Eldor ayni paytda juda qiyin davrni boshidan o‘tkazmoqda. “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida legionerimizga o‘nga yaqin jamoadan qiziqish bo‘lgani qaramay, uni Rimda olib qolishga qaror qildi, imkon berilishini ta’kidladi, biroq amalda hali yetarli darajada o‘yin amaliyoti taqdim qilayotgani yo‘q va bor-yo‘g‘i bir necha marta, bir necha daqiqa o‘ynatdi xolos.
Ja’far Irismetov borada berilgan savollarga quyidagicha javob berdi.
- Shomurodovning Italiyadagi faoliyatini kuzatib boryapsizmi?
- Albatta. Eldor O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi, u mamlakat bosh jamoasiga yordam berish muhim. Shomurodovning o‘sishini kuzatish sport direktori sifatida menga juda zarur. Faqat shu darajadagi o‘yinchining kam maydonga tushayotgani achinarli holat.
U bemalol o‘ynay oladi. “Roma”ga katta umidlar bilan o‘tgandi, lekin vaqti-vaqti bilan unga ishonishmayotgani bilinib qolyapti.
O‘tgan mavsumda Eldor va Temmi Abraxam bor edi. Keyin Andrea Belottini olishdi. Demak, ishonchsizlik bor. Ularni nimadir qoniqtirmaganini his qilish mumkin, chunki bir hujumchi bilan o‘ynaganda Shomurodovning o‘zi yetarli bo‘lardi. Paulo Dibalani o‘z saflariga qo‘shishdi.
Argentinalik futbolchini 10-raqam egasi sifatida qabl qilishimiz tabiiy, lekin Shomurodov, Abraxam va Dibala borligida “Roma” Belottini olmasdan, Eldorga ishonsa ham bo‘lardi. Mourino hamyurtimizga u qadar ishonch bildirmagan ko‘rinadi. Buning oqibatida Shomurodov deyarli maydonga tushmayapti.
Avval ham aytganimdek, “Roma” zaxirasida o‘tiradimi yoki futbol o‘ynashni ma’qul ko‘radimi, buni Eldorning o‘zi hal qiladi. Bizda bu masala haqida ko‘p yozishyapti, muhokama qilishyapti, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa jamoaga ketishini maslahat berishyapti. Italiyada uning klubida nima bo‘layotganini bilmayman, maslahatni esa hamma beraveradi. Nega klubdan ketmadi, buni faqat uning o‘zi bilsa kerak.
Mening ham faoliyatimda shunday holat ham bo‘lgan va zaxirada o‘tirib, pul ishlashim mumkin edi, lekin men ketganman – vaziyatga qarab, o‘zim qaror chiqarganman.
Qishda Eldor ketishi mumkin, chunki 3-4 ta o‘yin o‘tkazdi xolos, u ham bo‘lsa, boshlang‘ich tarkibda emas.
Darhaqiqat, Eldor Shomurodov mavsum boshlanganidan beri A Seriyada to‘rt marotaba, Yevropa ligasida ikki bor maydonga tushib, jami 78 daqiqa harakat qildi. Bu uch oy davomida bitta to‘liq o‘yinga yetmaydigan vaqt.
Shunga qaramay, Eldor “Roma”ning Yevropa ligasidagi birinchi goliga mualliflik qildi. Italiya matbuoti o‘zbekistonlik hujumchiga “Bolonya” va “Torino”dan jiddiy qiziqish bo‘layotganini yozmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori “Roma” o‘tganidan beri jami 46 marotaba maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga oltita to‘p kiritgan. Bundan tashqari, Eldor jamoadoshlarining oltita goliga hammuallif bo‘lgan. Uning Rim klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha imzolangan.
Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 57 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 31 marotaba ishg‘ol qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi