Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytgani faoliyatidagi eng katta falokat ekanini ta’kidladi. Bu haqda The Sun nashri yozdi.
Gazeta keltirgan ma’lumot taniqli jurnalist Jonatan Klegg tomonidan yozilgan kitobda aks ettirilgan. Bu kitob kelasi oy nashrdan chiqadi.
Manbaning ta’kidlashicha, Ronalduning o‘zi o‘tgan yili Ralf Rangnik boshqaruvidagi jamoaga qaytganini salbiy baholagan.
Portugaliyalik yulduz o‘zi ketgan sana – 2009 yildan beri jamoa o‘zgarmaganidan g‘azabi kelgan. Bundan tashqari, Ronalduga bir necha o‘yinchilardan tashqari jamoaning aksariyat a’zolari jismoniy holatini uning darajasida ushlab turishga harakat qilmayotgani ham yoqmagan. Rahbariyatga mashg‘ulotlar bazasini yangilash kerakligini ham uqtirgan.
Ronaldu ilk bor 2003-2009 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan va aynan ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida superyulduz darajasiga ko‘tarilgan edi.
2021 yili klubga qaytgan futbolchining amaldagi hamkorligi mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlar hozirning o‘zida ajralish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi