date

Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Real» Madrid - «Manchester Siti» uchrashuvi bo‘ladi

Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Real» Madrid - «Manchester Siti» uchrashuvi bo‘ladi

Bugun Madrid shahrida Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final - javob uchrashuvlaridan o‘rin olgan yana bir bahs bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.

Unda mahalliy "Real" jamoasi Angliya "Manchester Siti" klubini qabul qiladi.

Bu jamoalarning dastlabki uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgandi. O‘shanda "Real" futbolchilari Ronaldusiz harakat qilishgan. Bugungi o‘yinda Krishtianuning maydonga qaytishi kutilmoqda. Umuman olganda, Zidan shogirdlari ikkinchi bellashuvda bor kuchlarini berishmoqchi.

O‘z navbatida "Siti" ham osonlikcha taslim bo‘lmasligini va finalga chiqish uchun kurash olib borishini ma’lum qilgan.

Dunyoning ko‘plab futbol ekspertlari o‘yinda "Real"ning kichik hisobdagi g‘alabasini taxmin qilmoqda. Natijani esa, o‘yindan keyin bilib olamiz.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Real» Madrid - «Manchester Siti» uchrashuvi bo‘ladi