date
views 1 766

Mourino Abraxamdan mamnun. Shomurodovga yanada qiyin boʻladiganga oʻxshaydi...

Mourino Abraxamdan mamnun. Shomurodovga yanada qiyin boʻladiganga oʻxshaydi...
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Sassuolo"ga (1:1) qarshi oʻyinda Temmi Abraxamning oʻyinidan mamnun boʻlganligini bildirdi.

Angliyalik hujumchi Italiya chempionatidagi golsiz seriyasini toʻxtatib, kechagi bahsda rimliklarning goliga mualliflik qildi.

"Men Temmidan oldin nega bugungidek kayfiyatda oʻynamaganini soʻradim. "Sassuolo"ga qarshi oʻyinda u nafaqat gol urdi, balki yakka kurashlarda ham gʻalaba qozondi. U maydonga tushgan zahoti raqiblarning ishini har tomonlama qiyinlashtirdi, oʻzi uchun ochiq maydon yaratdi, ochildi va gol urdi”, - dedi Mourino oʻyindan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, Temmi Abraxam "Sassuolo"ga qarshi bahsda Eldor Shomurodovning oʻrniga zaxiradin tushib, 80-daqiqada "Roma"ning goliga mualliflik qildi. U A Seriyaning joriy mavsumida atigi uchta gol urgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Abraxamdan mamnun. Shomurodovga yanada qiyin boʻladiganga oʻxshaydi...