date

Raneri «Lester»ning yozgi transferlar vaqtidagi rejalarini oshkor qildi

Raneri «Lester»ning yozgi transferlar vaqtidagi rejalarini oshkor qildi

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri oldindagi yozgi transferlar vaqtida jamoaga superyulduzlar jalb etish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

«Bizga superyulduzlar kerak emas. Men jamoa tarkibini kuchaytirishni istayman, ammo tarkibni yulduzlar bilan to‘ldirishni emas. Biz uchun kelgusi mavsumda evrokuboklarda munosib ishtirok etish va Angliya chempionatida kuchli o‘nlikda qolish muhim.

Hozircha, bizga qancha futbolchi kerak ekanini aniq aytib bo‘lmaydi - Besh, olti, etti yoki sakkiz? Agar jamoamdagilardan kimdir bizni tark etmoqchi ekanini aytsa, uni bu fikridan qaytarishga harakat qilaman. Axir bu fantastik jamoa.

Biz Angliya chempioni bo‘ldik va yaqin yillar ichida yana boshqa sovrinlar uchun ham kurashamiz. Agar futbolchilarimizdan kimdir ketishga qaror qilsa, keyin u bilan nima sodir bo‘lishini taxmin qilish qiyin. Bu erda esa u qirollardek iltifotga ega bo‘lishi mumkin. Ketishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak, hech bo‘lmasa yana bir jamoada qolib, qaysi joy o‘zi uchun yaxshiligini bilib olishi kerak», – deya italiyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Kun" nashri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Raneri «Lester»ning yozgi transferlar vaqtidagi rejalarini oshkor qildi