
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Sassuolo"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Jamoa g‘alaba qozonishni xohladi, ular raqibni yaxshi nazorat qildi. "Sassuolo" qiyin raqib va qarshi hujumlarda juda tezkor.
Bir futbolchi o‘zining noprofessional harakatlari bilan jamoaning sa’y-harakatlariga xiyonat qilganidan afsusdaman. "Latsio"ga qarshi o‘yinda Ibanes haqida bunday gapirganimni ko‘rmadingiz, chunki uning bu masalaga munosabati yuqori darajada. Futbolchilar xato qilishlari mumkinligini yaxshi bilishadi.
Bugungi vaziyatda noprofessional munosabat bor edi. Eng ko‘p afsuslanganim, bu jamoadoshlar uchun noto‘g‘ri. Ammo biz safarda ochko oldik, buni yomon natija, deb bo‘lmaydi.
Bir o‘yinchidan tashqari jamoaning munosabatidan mamnunman. Men bu haqda ularga kiyinish xonasida aytdim. Maydonda mening 16 ta futbolchim bor edi, biroq 15tasining o‘yinga bo‘lgan yondashuvi yoqdi.
Bu kim? Uni aytmayman. Yanvarda u o‘ziga yangi jamoa qidirishi kerak", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
RomaJoze MourinoSassuoloFutbolchilar xatoJamoa g‘alabaNoprofessional munosabat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar