1 162
"Nasaf" prezidenti: Biz keyingi yil yanada kuchli bo‘lib qaytamiz. Chunki biz "Nasaf"miz, jamoamizga esa o‘xshashi yo‘q
Bugun O‘zbekiston Superligasi yakuniga yetdi. Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z tarixida 15 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Navbahor" kumush medallarga ega chiqdi. Qarshining "Nasaf" jamoasi esa 49 ochko bilan bronza medalini o‘ziniki qildi. Mavsum yakunlanganidan keyin "ajdarlar" prezidenti Shuxrat Aslanov Qarshi klubining muvaffaqiyatli mavsumi haqida gapirdi.
"2022 yilgi futbol mavsumi Qashqadaryo futboli uchun unutilmas va g‘alabali onlarga boy bo‘ldi.
Mavsum boshida sevimli jamoamiz “Nasaf” OCHL pley-off bosqichida Abu Dabi jamoasi “Baniyas”ni mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan guruh bosqichi uchrashuvlarida ham “ajdarlar” yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Osiyoning nomdor jamoalari “As-Sadd” (Qatar), “Al Faysali” (Saudiya Arabistoni), “Al Vehdat” (Iordaniya) jamoalariga munosib qarshilik ko‘rsatib, jamoa o‘z tarixida birinchi bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoamizning xalqaro arenalarda ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari natijasida O‘zbekiston jamoalari 2023-2024 yillarda 2+2 ko‘rinishda kvotaga ega bo‘ldi.
Xalqaro maydonda munosib ishtirok etgan yigitlarimiz O‘zbekiston Superligasi va O‘zbekiston Kubogi musobaqalarida ham barchamizni quvontirishdi. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finalida sevimli jamoamiz “Navbahor”ni 2:1 hisobida taslim etib, o‘z tarixida uchinchi bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi va 2023 OCHL guruh bosqichini kafolatladi. Jamoa Superliganing so‘nggi turigacha chempionlik uchun kurashdi va yakunda o‘n birinchi bor bronza medallariga ega chiqdi.
Srechko Katanes bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham “Nasaf” jamoasining 8 nafar futbolchisi taklif qilindi. Taklif etilganlar orasida yana 2 nafar “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari borligi bizni quvontiradi. Bundan tashqari boshqa yosh toifasidagi terma jamoalarga ham “Nasaf” va “Sevinch” tarbiyalanuvchilari jalb etilmoqda. Shuning o‘zi ham biz to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizdan dalolatdir.
“Sevinch” ayollar jamoasi ham qisqa tanaffusdan so‘ng o‘z “taxt”iga qaytdi. Qizlarimiz ayollar chempionatida chempionlikni va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritib, oltin “dubl” qayd etishdi. Ular ham keyingi mavsumda ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok yetadigan bo‘lishdi.
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi katta futbol musobaqalaridagi to‘rtta kubokning uchtasi Qarshiga keltirildi. Bu viloyatimiz futboli uchun katta yutuq deyish mumkin.
Qo‘lga kiritilgan yutuqlar uchun “Nasaf hamda "Sevinch” jamoalari murabbiylari va futbolchilariga, bu ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishda amaliy yordam bergan Qashqadaryo viloyati hokimligi va “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyatiga o‘z tashakkurimni izhor etaman.
Ishonamanki, biz birgalikda bundanda yuqori natijalarga erishamiz. Biz yangi mavsumda yanada kuchli bo‘lib qaytamiz. Chunki biz “Nasaf”miz. “Nasaf”ga esa o‘xshashi yo‘q!", - deydi klub prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi