
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida O‘zbekiston hamda Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 11-daqiqada Hojimat Erkinov bellashuvda hisobni ochdi. 45-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Eldor Shomurodov oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.
Bellashuvdan so‘ng terma jamoamiz sardori hamda "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Raqib darajasi haqida nima deya olasiz?
- Birinchi navbatda sovuq kunga qaramay, kelgan muxlislarga rahmat aytaman. O‘yinga kelsak, o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsata oldik. O‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Shunday bo‘lsa-da, kamchiliklar bor. Ularni bartaraf etish kerak. Qozog‘iston ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.
- Terma jamoada rekord qayd etishingizga 1 ta gol qoldi. Bunga e’tibor qaratyapsizmi?
- Albatta, tarixga kirish istagim bor. Shu sababli, bunga e’tibor qaratyapman. Xudo xohlasa, tezroq rekord o‘rnatib olsam, qolgani oson kechadi.
- Oldinda Rossiyaga qarshi uchrashuv. Rossiyada to‘p tepgansiz va ularning imkoniyatlarini bilasiz. Umuman, shu bahs haqida nima deya olasiz?
- Rossiya bilan bugungidan ham qiyinroq o‘yin bizni kutib turibdi. Raqib nafaqat jismoniy, balki, texnik tomondan ham ancha kuchli.
- Asosiyda tushgan o‘yinlaringizda gol uryapsiz. Kelajak rejalar qanday? Aniqrog‘i, "Roma"dagi holatingiz haqida gapirsangiz.
- Ayni vaqtda terma jamoadaman. "Roma" haqida hech narsa deya olmayman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar