Qatarda 20 noyabr kuni start oladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida jurnalistlar va ekspertlar turli reytinglarni e’lon qilishmoqda. Ularning navbatdagisi — eng qimmat tarkibga ega terma jamoalar.
Jahon futbolini tizimli ravishda iqtisodiy va moliyaviy baholab boruvchi Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) tarkibdagi futbolchilar umumiy qiymati bo‘yicha terma jamoalarning reytingini tuzdi.
Eng qimmat tarkib — Angliya terma jamoasi. Yakuniy ro‘yxatga kiritilgan 26 futbolchining umumiy qiymati 1,499 mlrd yevro yoki 1,560 mlrd dollarni tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinda — Braziliya: Neymar va boshqa futbolchilarning yalpi qiymati 1,455 mlrd yevro yoki 1,510 mlrd dollar.
Uchinchi o‘rindagi Fransiya terma jamoasi 1,337 mlrd yevro (1,390 mlrd dollar) qiymatiga ega 26 futbolchidan iborat.
CIES talqini bo‘yicha qimmat o‘nlikka, shuningdek, Ispaniya (1,201 mlrd yevro), Portugaliya (1,154 mlrd), Germaniya (1,020 mlrd), Niderlandiya (756 mln yevro), Argentina (748 mln), Urugvay (590 mln) va Belgiya (562 mln) terma jamoalari kirdi.
AQSH (365 mln yevro, qimmatligi bo‘yicha 15-o‘rinda) — Yevropa va Janubiy Amerikadan bo‘lmagan eng qimmat terma jamoa.
Senegal (351 mln yevro, 16-o‘rin) — Afrikaning, Yaponiya (205 mln yevro, 20-o‘rin) — Osiyoning eng qimmat terma jamoasi.
Eng arzon uchlik — Avstraliya (38 mln yevro), Qatar (29 mln yevro) va Kosta-Rika (23 mln yevro). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi