
O‘zbekiston termasi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy ertangi bahs oldidan fikrlarini bildirdi.
- Rossiya bilan o‘yindan nimalarni kutyapsiz?
- Rossiya yaxshi va tajriba orttirish uchun qulay raqib. Ertangi bahs qiyin o‘tadi deb o‘ylayman. Ammo murabbiyimiz ko‘rsatmalariga amal qilib, ijobiy natijaga erishamiz va muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman.
- Srechko Katanes nazariy mashg‘ulotlarda ko‘proq Rossiyaning qaysi jihatlariga e’tibor qaratishni so‘rayapti?
- U kishi raqib ko‘p paslashmaligi, raqibni ortda qoldirishga e’tibor berishi va zarba yo‘llashga tayanib o‘ynashini aytdi. O‘shanga qarab harakat qilamiz.
- Tojikiston-Rossiya o‘yinida 0:0 qayd etilgani sizlarni hayron qoldirdimi?
- Yo‘q. Rossiyaning ayrim o‘yinchilari bahsda qatnashmadi. Maydon ham sun’iy edi.
- Superliga yakunlari haqida fikringiz qanaqa? Ham ijobiy, ham salbiy bo‘lsa kerak-a?
- Ha, aytganingizdek, ham ijobiy, ham salbiy. Kubokni yutganimizdan xursandmiz. Sal omadimiz kelmadi, harakat qilgandik.
- Menimcha, "Neftchi" bilan uchrashuvni ko‘p eslab yursangiz kerak...
- Ha. Unutishga harakat qildik, lekin qiyin. Hammasi o‘z qo‘limizda edi.
- Keyingi mavum ham "Nasaf"da qolib, bu yil amalga oshmagan rejani yakuniga yetkazib qo‘yasizmi?
- Xudo xohlasa, "Nasaf"da qolib, chempionlik uchun kurashamiz.
O‘zbekiston TermasiAkmal MozgovoyRossiya O‘yiniTajriba OrtitishSuperliga YakunlariNasaf Chempionlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar