Bugun Mundialning ochilish o‘yini bo‘lib o‘tadi

Bugun Mundialning ochilish o‘yini bo‘lib o‘tadi
Qatar yashil maydonlarida o‘tishi belgilangan JCH-2022 bugun start oladi. Uzoq kutilgan turnir nihoyat eshik qoqmoqda.

Bugun soat 21:00da turnirning ochilish o‘yini, ya’ni Qatar - Ekvador bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jamoalar "A" guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruh doirasidagi ikkinchi bahs ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda Senegal hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Qatar - Ekvador bahsi "Al-Bayt" stadionida o‘tkaziladi.
Bugun Mundialning ochilish o‘yini bo‘lib o‘tadi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar