
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq sardori, hozirda O‘FA vitse-prezidenti sifatida ish olib borayotgan Odil Ahmedov bugungi Rossiyaga qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin oxirida muxlislar hakamlarga qarata "sharmanda", - deya baqirishdi. Bu berilmagan penaltiga ishora edimi?
- Menimcha, ha. 2-3 vaziyatda hakam penalti bermadi. Ammo u holatlarda 11 metrlik jarima zarbasi bormidi yoki yo‘q, ochig‘i, bilmayman.
- Javob o‘yini haqida qanday fikrdasiz?
- Albatta, yo‘q, demagan bo‘lardim. Biz Rossiyada o‘ynashni istardik. Rossiya biz uchun munosib raqib", - dedi Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Rossiya o‘yinini qozog‘istonlik Saxi Daniyar boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Odil AhmedovO‘zbekiston Terma JamoasiRossiya O‘yiniO‘FA Vitse-prezidentiHakamlar QaroriMuxlislar Fikri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar