
Lionel Messi. Foto Global Look Press
Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda futbol boʻyicha jahon chempionati start oldi. Turnirning final bosqichiga etib kelgan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.
A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
V guruhi. Angliya, Eron, AQSh, Uels
C guruhi. Argentina, Saudiyaya Arabistoni, Meksika, Polsha
D guruhi. Frantsiya, Avstraliya, Daniya, Tunis
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveytsariya, Kamerun
H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.
C guruhi. Argentina, Saudiya Arabistoni, Meksika, Polsha
C guruhi taqvimi
22 noyabr
15.00 Argentina — Saudiya Arabistoni
21.00 Meksika — Polsha
26 noyabr
18.00 Polsha — Saudiya Arabistoni
00.00 Argentina — Meksika
30 noyabr
00.00 Polsha — Argentina
00.00 Saudiya Arabistoni — Meksika
Argentina
Argentina — ikki sababga koʻra jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri. Birinchisi — Lionel Messi. Hamon sayyoraning eng yaxshi futbolchilaridan biri boʻlib turgan Messi «PSJ»da kuchli mavsum oʻtkazmoqda va oʻzi uchun soʻnggisi boʻlib qoladigan jahon chempionatida gʻolib chiqish istagi haqida ochiq aytgan.
Ikkinchi sabab — Lionel Skaloni jamoasining fenomenal darajadagi magʻlubiyatsiz seriyasi, bu koʻrsatkich allaqachon 35 oʻyinga etgan. Argentinaliklar soʻnggi bor 2019 yil iyulida magʻlub boʻlishgan, bu vaqt mobaynida jamoa Amerika Kubogida gʻolib boʻlishga ulgurdi. Ularning navbatdagi maqsadi — jahon chempionligi.
Saudiya Arabistoni
Rossiyadagi jahon chempionatida Saudiya Arabistoni mezbonlarga 0:5 hisobida yutqazgan, ammo keyingi oʻyinlarda kutilmaganda yaxshi ishtirok etgan: Urugvayga 0:1 hisobida yutqazib, Misrni 2:1 hisobida magʻlub etgan.
Ammo hozirda Erve Renar jamoasi yaxshi formada emas: arablar soʻnggi sakkiz oʻyindan faqat ikkitasida gʻalaba qozondi, holbuki barcha raqiblar guruh vakillaridan kuchsizroq edi. Vaziyatni tarkibdagi muammolar yanada yomonlashtiradi — jamoaning yoshi juda katta. Saudiya Arabistoni bunday holatda bunday qiyin guruhda ochko olishi muammo.
Meksika
Meksika termasi etakchisi Xesus Korona avgust oyida ogʻir jarohat olgandi va jahon chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur. Shunga qaramay, Meksika hujum chizigʻida boshqa taniqli futbolchilar ham bor — masalan, Raul Ximenes va Irving Losano. Xerardo Martino jamoasida esa darvozani odatdagidek Gilermo Ochoa qoʻriqlaydi, muxlislar har toʻrt yilda uning aql bovar qilmas seyvlarini tomosha qilishadi.
Meksika juda barqaror: jamoa avvalgi etti jahon chempionatida uzluksiz ravishda 1/8 finalga chiqqan va shu bosqichda ishtirokini toʻxtatgan. Hozirda ham shu kabi natija takrorlanishi ehtimoli yuqori, ammo buning uchun kamida Polshani ortda qoldirib, pley-offga chiqish kerak boʻladi.
Polsha
Bu Rossiya bilan jahon chempionati yoʻllanmasi uchun pley-offda kurashishi kerak boʻlgan jamoalardan biri edi. Mart oyiga belgilangan oʻtish oʻyinlariga qadar Polsha asosan oʻrtamiyona va mitti jamoalarni magʻlub etgandi, jahon chempionati yoʻllanmasi uchun Shvetsiyaga qarshi kechgan jangdan keyin ham bu borada vaziyat oʻzgarmadi. Martdan buyon Polsha faqat Uelsni magʻlub etdi, endi esa guruhda Meksika va Argentina kabi dahshatli raqiblarga qarshi kurashish talab etiladi.
Polyaklarni Robert Levandovski oʻz ortidan ergashtirishi kerak — 34 yoshli forvard uchun bu jahon chempionati, katta ehtimol bilan soʻnggisi boʻladi va hozirda Polshani asrda ilk bor guruh bosqichidan olib chiqishi kerak boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar