Kevin de Bryuyne. Foto Global Look Press
Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Turnirning final bosqichiga yetib kelgan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.
A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
V guruhi. Angliya, Eron, AQSH, Uels
C guruhi. Argentina, Saudiyaya Arabistoni, Meksika, Polsha
D guruhi. Fransiya, Avstraliya, Daniya, Tunis
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveysariya, Kamerun
H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
F guruhi taqvimi
23 noyabr
15.00 Marokash — Xorvatiya
00.00 Belgiya — Kanada
27 noyabr
18.00 Belgiya — Marokash
21.00 Xorvatiya — Kanada
1 dekabr
20.00 Xorvatiya — Belgiya
20.00 Kanada — Marokash
Belgiya
Belgiyaliklar aql bovar qilmas darajadagi yulduzli tarkibi tufayli qatorasiga bir necha yirik turnirlarda asosiy favoritlardan sanalgan. Ammo vaqt o‘tmoqda. Kevin De Bryuyne, Tibo Kurtua va Eden Azar endi 30 yoshdan oshgan, shunday ekan, Qatardagi turnir ularning jamoa bilan katta sovrin yutish uchun oxirgi imkonidir.
Yosh — Roberto Martines jamoasining xavotir uchun asosiy sababi. Hatto Romelu Lukaku 29 yoshda.
Belgiyaning ustunligi — ulkan tajriba va motivatsiyada. Bu jahon chempionatining asosiy favoriti emas, ammo ular finalga chiqishsa, hech kim hayron qolmaydi.
Kanada
Shu yilga qadar Kanada jahon chempionatida faqat bir marta — 1986 yilda ishtirok etgan va guruhdagi barcha o‘yinlarni birorta gol urmasdan yutqazgan. Hozirda shimoliy amerikaliklar jamoasidan nafaqat gol, balki g‘alaba ham kutish mumkin. «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis va «Lill» bombardiri Jonatan Devid jamoani o‘z ortidan ergashtirmoqda va ularning harakatlari Kanadaga tarixdagi ilk ochkolarni olib kelishi mumkin.
To‘rt yildan keyin o‘z uyida jahon chempionatini qabul qiladigan kanadaliklar pley-offga chiqishi, turnirning syurprizlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Marokash
To‘rt yil muqaddam Marokash termasi Ispaniya va Portugaliya bilan bir guruhda pley-off uchun kurashgandi, ammo ularning bu safargi imkoniyatlari ham yaxshi emas. Avgustda Vahid Halilhojich o‘rniga bosh murabbiylik mahalliy mutaxassis Volid Regragiyga topshirildi, u esa bu lavozimda faqat bir necha o‘yin o‘tkazgan.
Terma uchun plyus — asosiy yulduz Hakim Ziyoshning qaytishi bo‘ldi, u Halilhojich bilan muammolar tufayli tarkibdan chetda qolayotgandi. Ammo bu qanchalik foyda berishi aniq emas, ushbu yarimhimoyachi «Chelsi»da joriy mavsumda deyarli o‘ynamayapti va gol urmagan.
Xorvatiya
Amaldagi vitse-chempionlar avlodlar almashinuvini og‘riqsiz o‘tkazdi va jahon chempionatiga yaxshi sport formasida yetib keldi: Zlatko Dalich jamoasi Millatlar Ligasida o‘z guruhida g‘olib chiqdi, so‘nggi to‘rt o‘yinda to‘ri g‘alabaga erishdi. Luka Modrich hamon hujumlarga dirijorlik qilmoqda, Ivan Perishich — u boshlagan hujumlarni yakunlamoqda.
Xorvatiyada guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil bo‘lgan, ammo jamoa guruhdan chiqiboq Ispaniya yoki Germaniyaga duch kelishi mumkin. Ular chorakfinalga o‘tishi katta so‘roq ostida.
Belgiya1, Kanada1, Marokash1, Xorvatiya1 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi