Jahon chempionati "B" guruhi ishtirokchilari - Angliya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan osiyoliklar bosh murabbiyi Karlush Keyrush matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Har bir uchrashuvda bir maqsad bilan maydonga tushamiz - faqat g‘alaba, yaxshi futbol namoyish etish va bundan zavqlanish. Shu ishtiyoqni o‘yindan o‘yinga kuchaytirishni istaymiz.
Bizni ertaga Angliyaga qarshi juda qiyin bahs kutib turganini bilamiz, lekin o‘zimiz orzu qilganimizdek guruhdan chiqish uchun kerakli ochkolarni qo‘lga kiritamiz degan umiddaman. Biz buni yoddan chiqarmaymiz.
Angliya dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ularda finalga chiqish uchun ajoyib imkoniyat bor. Nega inglizlarni Jahon chempionligiga nomzod deb hisoblamaslik kerak? Ular so‘nggi JCH va Yevropa chempionatida yaxshi natija qayd etgan", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Angliya - Eron uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi