21:02 / 23.11.2022
1 231

O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlari e’lon qilindi

O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlari e’lon qilindi
Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov, "Olimpik" vakillari Ruslan Jiyanov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev va Saidazamat Mirsaidovning narxi eng ko‘p ko‘tarilgan - 200 000 yevro. Husniddin Aliqulov, Zoran Marushich, Jamshid Boltaboyev, Umarali Rahmonaliyev, Muhammadqodir Hamraliyev va Abbosbek Fayzullayevning narxlariga 150 ming yevro qo‘shilgan.

Transfer narxi eng ko‘p pasayganlar orasida "Bunyodkor" legioneri Pavel Mogileves birinchi o‘rinda. Uning transfer narxi 300 000 yevroga kamaydi. Bu mavsum juda kam maydonga tushgan "Navbahor" vakili Nurillo To‘xtasinovning narxi 250 000ga kamaydi. "Surxon" hujumchisi Manel Martines va "Navbahor" himoyachisi Yegor Krimetsning narxlaridan 150 000 yevro minus bo‘ldi. "Dinamo" legioner posboni Miloye Prekovichning narxlari 125 mingga kamaydi.

Yangilanishdan keyin ham Odiljon Hamrobekov Superligamizning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. Uning hozirgi transfer narxi 1 000 000 yevroga teng.

Ikkinchi o‘ringa "Nasaf" hujumchisi Husayn Norchayev chiqib oldi - 900 000 yevro. Husniddin Aliqulov, Dostonbek Hamdamov, Rustam Ashurmatov va Sardor Sobirxo‘jayevning narxlari 850 000 yevroga teng. TOP-10dan Jamshid Iskanderov, Shohruz Norxonov, Hojiakbar Alijonov va Oybek Bozorov kabi futbolchilar ham o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlari e’lon qilindi