date

Mavsum yakunlariga ko‘ra Fransiya chempionatining eng yaxshilari taqdirlandi

Mavsum yakunlariga ko‘ra Fransiya chempionatining eng yaxshilari taqdirlandi

«PSJ» jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan Fransiya chempionatining 2015/16 yilgi mavsumidagi eng yaxshi murabbiy deb topildi.

Ushbu mukofot uchun 50 yoshli mutaxassis Terri Lore («Gazelek Ayachcho»), Stefan Mulen («Anje») va Klod Pyuelni («Nissa») ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Blan murabbiyligida «PSJ» chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempioni bo‘lgandi.

«PSJ» jamoasining shvesiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich esa mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

34 yoshli futbolchi ushbu sovringa da’vogarlik qilgan jamoadoshi Anxel Di Mariya, «Nissa» etakchisi Hotam bin Arfa hamda «Marsel» yarim himoyachisi Lassana Diarrani ortda qoldirdi.

Ibrahimovich mavsumdagi 29 o‘yinda maydonga tushib, 35ta gol urgan va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mavsum yakuniga ko‘ra, Usmon Dembele («Renn») eng yaxshi yosh futbolchi, Stiv Mandanda («Marsel») esa eng yaxshi darvozabon sifatida taqdirlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mavsum yakunlariga ko‘ra Fransiya chempionatining eng yaxshilari taqdirlandi