07:32 / 03.12.2022
1 144

JCH-2022. Shveysariya pley-offning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

JCH-2022. Shveysariya pley-offning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
JCH-2022 3-turidan o‘rin olgan Serbiya - Shveysariya bahsi yakunlandi. Unda nominal mehmonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.

Shveysariyaliklar tarkibida Shakiri, Embolo hamda Froyler gol urgan bo‘lsa, serblardan Mitrovich hamda Vlaxovich raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, Shveysariya 6 ochko bilan o‘z guruhida 2-o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. 1 ochko to‘plagan Serbiya so‘nggi pog‘onani band etdi.

Serbiya – Shveysariya 2:3
Gollar
: Jerdan Shakiri (20, 0:1), Aleksandr Mitrovich (26, 1:1), Dushan Vlaxovich (35, 2:1), Brel. Embolo (44, 2:2), Remo Froyler (48).

Serbiya – 23. Vanya Milinkovich-Savich, 5. Milosh Velkovich (8. Nemanya Gudel, 55), 4. Nikola Milenkovich, 2. Straxinya Pavlovich, 17. Filip Kostich, 20. Sergey Milinkovich-Savich (6. Nemanya Maksimovich, 68), 16. Sasha Lukich, 14. Andriya Jivkovich (7. Nemanya Radonich, 78), 10. Dushan Tadich (21. Filip Jurichich, 78), 9. Aleksandar Mitrovich, 18. Dushan Vlaxovich (11. Luka Yovich, 55).

Shveysariya – 21. Gregor Kobel, 3. Silvan Vidmer, 22. Fabian Sher, 5. Manuel Akanji, 13. Rikardo Rodriges, 23. Jerdan Shakiri (6. Denis Zakariya, 69), 10. Granit Jaka, 8. Remo Froyler, 15. Jibril Sou (2. Edimilson Fernandesh, 69), 17. Ruben Vargas (16. Kristian Fassnaxt, 83), 7. Brel Embolo (19. Noa Okafor, 90+6).

Ogohlantirishlar: Silvan Vidmer (15), Ruben Vargas (34), Sergey Milinkovich-Savich (47), Pavlovich (56), Straxinya Raykovich (66), Nemanya Gudel (81), Aleksandar Mitrovich (82), Granit Jaka (90+5), Nikola Milenkovich (90+5), Fabian Sher (90+9).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2022. Shveysariya pley-offning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi