
Braziliya terma jamoasi JCH—2022 nimchorak finalida Janubiy Koreyani yengib (4:1), keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Braziliya ketma-ket 8 marta Jahon Chempionatining chorak finaliga yo‘l olmoqda. So‘nggi bor braziliyaliklar JCH—1990 da bu ishni uddalay olmagan. O‘shanda jamoa 1/8 finalda Argentinaga yutqazib qo‘ygandi (0:1).
Shundan keyin Braziliya ikki marta chempionga aylandi (1994, 2002) va bir marta ikkinchi o‘rinni oldi (1998).
Shuningdek, Braziliya mundial pley-off bosqichida 24 yil deganda ilk bor to‘rtta gol urdi. So‘nggi bor «pentakampionlar» 1998 yilgi JCH pley-offida 4 ta to‘p kiritgandi. O‘shanda Chili terma jamoasi mag‘lub etilgan (4:1).
Braziliya Terma JamoasiJCH 2022Jahon ChempionatiChorak FinalJanubiy KoreyaPentakampionlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar