Joze Mourino “Barselona” futbolchisini chaqirdi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriyaning so‘nggi o‘yinlaridan biri – “Sassuolo”ga qarshi bahsda xatoga yo‘l qo‘ygan Rik Karsdorpni keskin tanqid qilib, jamoadan haydagan edi.
Portugaliyalik mutaxassis niderlandiyalik o‘ng qanot himoyachisi o‘rnini “Barselona” vakili Ektor Belyerin egallashini istayapti.
Taniqli jurnalist Nikolo Skira rimliklar ispan himoyachisining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yarim yil qolganini inobatga olib, uni kataloniyaliklardan sotib olmoqchi ekanini ma’lum qildi.
27 yoshli Belyerin “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin 2011 yili asosiy tarkibdan joy tegmagani bois, Kataloniyani tark etgan. Shu yozda erkin agent sifatida sobiq klubiga qaytgandi.
Shunga qaramay, Belyerin hozir ham asosiy tarkib o‘yinchisiga aylana olmayapti. U hozirgacha beshta bahsda qatnashib, jami 321 daqiqa o‘ynadi xolos.

Izohlar 0
…