
“Roma” mutasaddilari jamoadan ketishi kerak bo‘lgan Rik Karsdorp o‘rniga o‘ng qanot himoyachisini qidirmoqda.
Birinchi navbatda, klub sport direktori Tyagu Pinto “Barselona” vakili Ektor Belerin yoki “Roma” tarbiyalanuvisi Alvaro Odriosolani Rimga olib kelish uchun kurashadi. Uchinchi nomzod sifatida ro‘yxatga “Salernitana” himoyachisi Paskual Matssokki qo‘shildi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, 27 yoshli Matssokki joriy mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqda. 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi o‘z vazifalarini bajarishdan tashqari, raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritdi va jamoadoshlari bir juft golli pas bilan ta’minladi.
Bu futbolchini olish uchun Joze Mourino “Torino” va “Inter” raqobatini sindirishiga to‘g‘ri keladi. Matssokki 10 million yevrodan qimmatga baholanyapti.
RomaRik KarsdorpTyagu PintoEktor BelerinAlvaro OdriosolaPaskual Matssokki O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar