date

Ruslan Chagaevga WBA jahon chempionligi qaytarib berildi

Ruslan Chagaevga WBA jahon chempionligi qaytarib berildi

Butunjahon boks assosiasiyasining o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagaev navbatdagi jangini puertorikalik Fres Okendoga qarshi o‘tkazishi kerak, deya xabar qilmoqda TASS agentligi Chagaev menejeri Timur Dugazaevga asoslangan holda.

"12 may kuni bizga Braun unvonidan mahrum etilgani va yarim yilga chetlatilgani to‘g‘risidagi uyushma rezolyusiyasi etib keldi. Ruslan hozirda Amerikada. Assosiasiya bizga Okendo bilan jang shartlarini kelishib olishimiz uchun 3 oy berdi. Ruslanda og‘ir vaznlilar turnirining finaliga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor, shu bois ishlashda davom etish kerak", degan Dugazaev.

WBA o‘ta og‘ir vazndagi jahon chempionligi belbog‘ini Chagaevga qaytargan, uning endilikda sobiq sohibi avstraliyalik Lukas Braun doping iste’mol qilgani uchun olti oyga boksdan chetlashtirilgan. Braunning "B" doping probasi natijasi oshkor qilingach, shunday qaror qabul qilingan edi.

Braun 5 mart kuni WBA chempionligi uchun Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbek boksyori Ruslan Chagaevni 10 raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi. Keyinchalik Braunning o‘yindan keyin topshirgan doping tekshiruvi klenbuterolga ijobiy natija bergan. Avstraliyalik bokschi jangdan oldingi doping tekshiruvi salbiy chiqqaniga asoslangan holda Grozniyga "toza" kelganini ta’kidlagandi. Keyinchalik bokschi, "B" doping idishini ochishni talab qilgan, u ham sportchida taqiqlangan modda borligini isbotlagan edi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ruslan Chagaevga WBA jahon chempionligi qaytarib berildi