date

«Barselona» – Ispaniya chempioni!

«Barselona» – Ispaniya chempioni!

Ispaniya chempionatining so‘nggi, 38-turidan o‘rin olgan “Granada” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 0:3 hisobi qayd etilib kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Barselona” Ispaniya chempioniga aylandi.

Uchrashuvda barcha gollarni Luis Suares kiritdi. O‘yinning 22 daqiqasida Luis Suares hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 38 daqiqaga kelib urugvaylik futbolchi yana bir gol muallifiga aylandi.

Jamoalar tanaffusga 0:2 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ancha asabiy va kurashlarga boy kechdi. 86 daqiqada yana Luis Suares katta sahnaga chiqdi va xet-trik muallifi bo‘ldi.

Shu tariqa, Luis Suares mamlakat chempionati doirasida gollar sonini 40 taga etkazib oldi. “Barselona” esa qatorasiga ikkinchi yil Ispaniya chempioni bo‘ldi.

“Barselona” muxlislarini ajoyib g‘alaba va chempionlik bilan tabriklaymiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Barselona» – Ispaniya chempioni!