
Hamyurtimiz Ruslan Nuriddinov dunyo birinchiligida -109 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bu bilan andijonlik polvonimiz ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi o‘zbek og‘ir atletikachisiga aylandi.
Nuriddinov dast ko‘tarish mashqida 177 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini ko‘rsatib, 3 yo‘nalishda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. Hamyurtimiz eng yaqin ta’qibchisini 8 kgga ortda qoldirishga erishdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha JCH
Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nuriddinov (O‘zbekiston) - 397 (177+220) kg
2. Giorgi Chxeidze (Gruziya) - 389 (170+219) kg
3. Rafayel Kastilo (Kolumbiya) - 388 (174+214) kg
Ruslan NuriddinovOg‘ir AtletikaJahon ChempionligiAndijonlik PolvonDast Ko‘tarishSiltab Ko‘tarish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar