12:00 / 18.12.2022
1 438

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin sanasi e’lon qilindi

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin sanasi e’lon qilindi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi yangi mavsum uchun musobaqalar kalendarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Superkubogi uchun bellashuv keyinroqqa surildi. Endi mazkur bahs biz o‘rganib qolgandek, 1-tur oldidan emas, balki 2-tur uchrashuvlaridan so‘ng o‘tkaziladi. Tashkilot taqdim etgan kalendarda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 14 mart sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan.

Bunga sabab qilib "Nasaf"ning OCHL pley-off bosqichida ishtirok etishi va boshqa holatlar ko‘rsatilgan:

"2023 yilgi murakkab holatdan kelib chiqib, O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi faqatgina Superliganing 2-turidan keyin bo‘lib o‘tadi. Boisi Superkubok uchun kurashda ham “Nasaf” bor. U20 Osiyo chempionati hamda mart oyidagi FIFA kunlari shunday qaror qabul qilinishiga olib keldi. Mavsumni Superkubok bilan boshlash va qolgan 12 ta klub ilk turni keyinroq o‘tkazishi esa tig‘iz taqvimga biroz mos kelmadi", - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin sanasi e’lon qilindi