"Nasaf" asosiy futbolchilaridan birini saqlab qoldi

"Nasaf" asosiy futbolchilaridan birini saqlab qoldi
Nasaf” klubi yetakchi o‘yinchilarini saqlab qolishga harakat qilmoqda va ular bilan kelishuvga erishilgan zahoti shartnomalar imzolanmoqda.

Kuni kecha jamoa sardori Umar Eshmurodovning shartnomasi uzaytirilgani haqida xabar bergandik. Bu safar “Nasaf” matbuot xizmati yana bir asosiy ijrochilaridan biri – Bahrom Abdurahimovni ham kelasi mavsumni yana qarshiliklar safida o‘tkazishini rasman ma’lum qildi.
"Nasaf" asosiy futbolchilaridan birini saqlab qoldi
Bahrom jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Abdurahimov jamoamiz a’zolari ichida «Nasaf» bilan eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi. Bahrom «Ajdarlar» bilan birga uch marta chempionatning bronza, bir marta kumush medallarini, uch karra O‘zbekiston Kubogini va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan”, - deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar