
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonning Serbiya darvozasiga yoʻllagan akrobatik usulda kiritgan toʻpi mundialning eng chiroyli goli, deb topildi.
Richarlison! What have you done?! ?#FIFAWorldCup | @richarlison97 pic.twitter.com/kCKFdlINXq
— FIFA World Cup (@FIFAWorldCup) November 24, 2022
Risharlison ushbu sovrin uchun kurashda Neymar, Kilian Mbappe, argentinalik Enso Fernandes, kamerunlik Vensan Abubakar, meksikalik Luis Chaves, koreyalik Pak Sun Xo, gollandiyalik Kodi Gakpo va saudiyalik Salim Al-Davsarini ortda qoldirdi.
Bu sovringa quyidagi futbolchilar da'vogar edi:
1. Salim Al-Davsarining Argentinaga qarshi gʻalaba goli;
2. Braziliya hujumchisi Risharlisonning Serbiyaga qarshi oʻyindagi qaychi usulidagi goli;
3. Risharlisonning Janubiy Koreyaga ajoyib kombinatsiyadan soʻng kiritgan toʻpi;
4. Niderlandiya futbolchisi Kodi Gakponing Ekvador darvozasiga urgan goli;
5. Entso Fernandesning Meksikaga qarshi oʻyinda kiritgan toʻpi;
6. Kamerunlik Vensan Abubakarning Serbiyaga urgan goli;
7. Meksika yarim himoyachisi Luis Xerardo Chavesning Saudiya Arabistoni terma jamoasiga kiritgan toʻpi;
8. Kilian Mbappening Polshaga qarshi bahsda qoʻshib berilgan vaqtlardagi urgan goli;
9. Janubiy Koreya futbolchisi Pek Sin Xoning uzoq mqsofadan Braziliya darvozasiga yoʻllagan "pushka"si;
10. Braziliya vingeri Neymarning Xorvatiya darvozasiga kiritgan toʻpi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar