
Rossiya futbol ittifoqi UYEFAdan chiqib OFKga qo‘shilish masalasini muhokama qilmoqda. Bu vaziyat boshqa sport turlari – xususan, basketbol mutaxassislarini ham xavotirga solmoqda.
Basketbol bo‘yicha taniqli mutaxassis Vladimir Gomelskiy Rossiya basketbol federatsiyasining Osiyo konfederatsiyasiga qo‘shilish ehtimoli bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Basketbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining O‘zbekiston, Eron, Pokiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston kabi Osiyo jamoalari bilan o‘yinini tomosha qilish menga qiziq bo‘ladimi? Yo‘q, albatta.
Endi bizning basketbol bo‘yicha terma jamoalari Osiyo konfederatsiyasiga qo‘shilsa, qanchalar zerikarli bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring. Bu holatda sportning mohiyati qolmaydi, hammasi siyosatga aylanib ketgan bo‘ladi, - dedi Gomelskiy.
Noyabr oyida futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi. Bahsda hisob ochilmadi.
Rossiya FutbolO‘zbekiston TermaBasketbol MutaxassisiOsiyo KonfederatsiyasiSport SiyosatiO‘yin Tomosha O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar