
Foto: Twitter
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubida davom ettiradi, deya xabar qilmoqda Al-Arabiya nashri.
Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi Ar-Riyod klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Avvalroq Ronaldu Saudiyadagi faoliyati davomida 200 million yevroga yaqin pul ishlab olishi aytilgandi. Shuningdek, futbolchi keyinchalik Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misrning JCH—2030 mezbonligi uchun qo‘shma arizasi bo‘yicha elchi vazifasini o‘tashi xabar qilingandi.
Ronaldu noyabr oyida «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomani bekor qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.