
Saudiya Arabistoni matbuoti Jaloliddin Masharipov raqamini Ronalduga berishni istamagani uchun transferga qo‘yilgani haqida xabar tarqatdi.
Hammasi aslida qanday bo‘lgandi? Masharipov Ronaldu transferi hali rasman amalga oshmay turib, o‘z raqamini "Oltin to‘p"ning 5 karra sohibiga bo‘shatib qo‘ygandi. U o‘z raqamida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri o‘ynashidan mamnunligini bildirgan.
SPORTS.uz vaziyatni oydinlashtirish uchun legionerimiz bilan bog‘landi.
– "Bunday xabarlar haqiqatdan ancha yiroq. Qolaversa, kecha Instagram orqali jonli efirdagi gaplar ham hazil tariqasida gapirilgan. Odamlar buni noto‘g‘ri tushungan ko‘rinadi. Meni yaqindan bilganlar buni o‘sha vaqtdayoq payqagandi.
Rejalar? "Al-Nassr"da qolib, Ronaldudan ko‘p narsalar o‘rganish. U o‘z davrining eng yaxshilaridan biri. Krishtianudan o‘rganish kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p", - dedi yarim himoyachi.
Shuningdek, hamyurtimiz asossiz xabarlarga ishonmaslikni muxlislardan so‘radi.
Masharipov RaqamiSaudiya ArabistoniOltin To'pInstagram EfiriAl-NassrFutbolchilar Biri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar