date

Emeri: Evropa Ligasiga muhabbatim zo‘r, bu bizning turnir

Emeri: Evropa Ligasiga muhabbatim zo‘r, bu bizning turnir

«Sevilya» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi finalida «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:1) fikrlarini bildirib o‘tdi, deyiladi "Kun" nashrida.

«Bu g‘alabadan keyin o‘xshashi yo‘q hissiyotlarni boshdan kechirdim. Endi biz bu g‘alabadan rohatlanishimiz mumkin, lekin unutmasligimiz kerakki, bizni yana bir final kutmoqda (Evropa Superkubogi - tahririyat).

«Liverpul»da ajoyib tarkib yig‘ilgan, ular birinchi bo‘limda hisobni ochishganidan keyin juda zo‘r o‘ynay boshlashdi. Lekin biz ham javob golini urganimizdan keyin shunday zo‘r o‘ynadik.

Men muxlislarimiz uchun xursandman. Ularga qoyil qolmay iloj yo‘q, bizga o‘z uyimizda o‘ynayotgan kabi o‘ynash imkonini berishdi.

Barcha ispan jamoalari katta ishtiyoq va ehtiros bilan o‘ynashadi. Biz Evropa Ligasini sevamiz. Bu bizning turnirimiz!

Evropa Ligasi bizga ko‘p narsa berdi. Aytish mumkinki, biz finalga chiqqanimizdayoq katta xursandchilik qilgandik, endi bu quvonchimiz ikki barobar ortdi. Hal qiluvchi vaziyatda biz oldinga bordik, bu bizning eng yaxshi o‘yin uslubimiz», – deydi Emeri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emeri: Evropa Ligasiga muhabbatim zo‘r, bu bizning turnir