Robben: Gvardiola qo‘l ostida yanada kuchaydim

Robben: Gvardiola qo‘l ostida yanada kuchaydim
Robben: Gvardiola qo‘l ostida yanada kuchaydim

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Aryen Robben jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning sha’niga iliq so‘zlarni keltirdi.

«Odatda kishi 30 yoshga yetganda, asta-sekin ortga ketyapman, deb o‘ylaydi. Biroq menda hali nimanidir o‘rganish ishtiyoqi baland. Gvardiola meni yanada kuchliroq futbolchiga aylantirdi.

U nafaqat jamoamiy o‘yinni kuchaytiradi, balki undan individual o‘yin elementlarini ham o‘rganish mumkin», — deydi Robben.

Eslatib o‘tamiz, Robben ayni paytda 16ta gol bilan Germaniya chempinati to‘purari bo‘lib turibdi.

Manba: www.uff.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar