20:47 / 07.01.2023
468

O‘zbekistonlik 12 yoshli shaxmatchi raqibini dovdiratib qo‘ydi (video)

O‘zbekistonlik 12 yoshli shaxmatchi raqibini dovdiratib qo‘ydi (video)
Rapid va blis bo‘yicha Olmaotada (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Humoyun Bekmurodov hammani hayratga soldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.

12 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi Uels vakili Elijah Everettga qarshi o‘yini durrang bilan yakunlanishi kutilayotgan edi. Biroq o‘yinni Humoyun o‘zining chiroyli g‘alabasi bilan yakun yasashga muvaffaq bo‘lgan.

Qiziq jihati, Everett o‘z mag‘lubiyatini anglashga ham ulgurmay qoldi va bu holat dunyo shaxmat ixlosmandlarining e’tiborini tortdi”, - deya yozadi Sa’dullayev.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil fevralida Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan edi. Shuningdek, u Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Open12" guruhida ham rapid, ham blis bo‘yicha kumush medal sohibi bo‘lgan edi.

Humoyun Bekmurodov1, Elijah Everett1, Jahon chempionati1, Shaxmat1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik 12 yoshli shaxmatchi raqibini dovdiratib qo‘ydi (video)