
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAA U-23 termasiga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida Otabek Jo‘raqo‘ziyev o‘zbekistonliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuv yakunlanish arafasida, aniqrog‘i, 90+5 daqiqada Sarvar Sharipov termadagi debyut golini urdi.
BAA U-23 — O‘zbekiston U-23 0:2
Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev 27', Sarvar Sharipov 90+5'.
Eslatib o‘tamiz, BAA olimpiyachilari bilan ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini 12 yanvar sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.



O‘zbekiston U-23BAA U-23Otabek Jo‘raqo‘ziyevSarvar SharipovO‘rtoqlik O‘yiniG‘alaba Hisobi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar