“Lokomotiv” himoyachisi Vitaliy Denisov Sovsport.ru nashri bilan suhbatda bo‘ldi va O‘zbekiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida qanday ishtirok etganini so‘zlab berdi. Shuningdek Denisov futbolchilik faoliyati davomida ko‘rgan kechirganlarini ham so‘zlab bergan.
- O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini chorak finalda yakunlashga majbur bo‘ldi. Bu tanazzulmi?
- Shunday bo‘lib chiqmoqda. Agarda oldimizga vazifa qo‘yilgan ekanmi, bu shunchaki guruhdan chiqish bo‘lib qolmasdan, maksimal maqsadni ko‘zlashi shart edi. Biz finalgacha borishni ko‘zlagandik, afsuski o‘xshamadi. Janubiy Koreya bilan bo‘lgan o‘yinda qo‘shimcha vaqtlargacha etib bordik. Keyin esa koreyaliklar gol urishdi. Ammo birinchi bo‘limda biz ham gol urishimiz mumkin edi, shunchaki buni ko‘rmay qolgan bo‘lsangiz kerak.
- Mag‘lubiyatdan so‘ng yig‘lamadingizmi?
- Yo‘q. Oxirgi marta o‘z uyimizda Iordaniyadan mag‘lub bo‘lganimizda yig‘laganman (jahon chempionati saralashi, 2013 yil, 10 sentyabr). O‘shanda men juda va juda xafa bo‘lgandim. Ko‘z yoshlarim o‘z o‘zidan chiqib ketgandi.
- KXDR terma jamoasi haqida biror qiziqarli narsa hikoya qilib berishingizni kutmoqdamiz?
- Bu mamlakat haqida hamma narsani bilib olish uchun National Geographic telekanalini yuborish kerak. Faqat shunda hammasidan boxabar bo‘lish mumkin. Bu mamlakat haqida ma’lumot juda kam. Terma jamoasi haqida-ku, umuman gapirmayman. Biz raqib haqida biror bir o‘rtoqlik o‘yini yoki boshqa uchrashuvlardan lavhalar orqali ma’lumon olganmiz. KXDRni Qatar va yana qaysidir terma jamoaga qarshi o‘tkazgan o‘yini orqali o‘rganganmiz. Ular haqida turli gap so‘zlar yuradi. Mag‘lubiyatga uchraganlarni qattiq jazolashlari haqida eshitganmiz. Ammo bu haqida biror narsa hikoya qilib bera olmayman.
- Avstraliyalik muxlislar KXDR – O‘zbekiston o‘yinida koreyaliklarni juda qo‘lladilar. Bu haqida eshitdingizmi?
- Yo‘q. Ammo Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan uchrashuvda Iroq va Avstraliya muxlislari bizni qo‘llashganini bilaman. Xitoydan mag‘lub bo‘lganimizda esa iroqlik muxlislar mehmonxonaga kelib, bizga tasalli berishgan edi. Buning sababini bilmayman, balki bu terma jamoalar o‘rtasida qandaydir raqobat bordir.
- Siz terma jamoa o‘yinlarida “Lokomotiv”da bo‘lgani singari hujumga o‘tmaysiz va shu sababga ko‘ra tanqid qilinasiz?
- Men bu tanqidlarga mutlaqo qo‘shilmayman. Keling terma jamoa va klubni o‘zaro taqqoslamaylik. Futbol shunday narsaki, ba’zan oldinga o‘tishga to‘g‘ri keladi, ba’zan esa himoyada ishlash kerak. “Lokomotiv”da ham shunday bo‘ladi. Ha, men terma jamoada ko‘p ham oldinga o‘tavermayman, chunki u erda boshqacha uslubda to‘p suriladi. Agarda terma jamoada birga o‘ynaydigan yigitlar bilan “Lokomotiv” libosida maydonga tushsam ham xuddi shunday o‘yin namoyish etgan bo‘lardim. Men bu bilan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi kuchsiz, deb aytmoqchi emasman. Aksincha, bizda markaziy yarim himoya juda kuchli. Shunchaki, bu futbolchilar bilan o‘yin sal boshqacha qurilgan bo‘lardi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov bilan SSKA qiziqish bildirgani aytilgan edi. Buni tasdiqlay olasizmi?
- Bu haqida eshitmagan ekanman, ammo rostan ham shunday bo‘lib chiqishini juda istagan bo‘lardim. Chunki Sardor juda yaxshi futbolchi, kuchli iqtidor va ishtiyoqqa ega. Unga omad yor bo‘lishini tilayman.
- Sizning maqsadingiz 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqishmi?
- Albatta. Bu vazifani bemalol amalga oshirsa bo‘ladi. Biz uzoq yillardan buyon JCh atrofida yuribmiz. Har safar nimadir etmay qoladi. Masalan oxirgi saralashda Koreya o‘z uyida Eron bilan durang o‘ynaganda biz jahon chempionatiga yo‘l olgan bo‘lardik. Ammo ular yutqazib qo‘ydilar. Shuningdek Bahreyn bilan bo‘lgan penalti mojarosini ham eslab o‘tishim mumkin.
- Oxirgi vaqtlarda Rossiya futbolida pul bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. Bu haqida nima deya olasiz?
- Men hech qachon millionerlardek yashamaganman. Albatta supermarketlarda narhlarning ko‘tarilishi menga yoqmaydi. Har holda avvalgi narhlar ancha yaxshi edi. Ammo bu qiyinchilik meni qo‘rqita olmaydi. Chunki bundan ancha yomonrog‘ini ko‘rganman. Masalan Nijniy Novgorodda o‘ynaganimda bir necha oy maosh berishmasdi va hatto stadionga borish uchun yo‘lkiraga ham pul topa olmay qolgan vaqtlarim bo‘lgan. O‘sha qarzdorlik hozirgacha ham uzilmagan. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi...
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi