23:30 / 12.01.2023
453

Ahrol Risqullayev: “Men to‘p qo‘lga tekkanini ko‘rmay qoldim”

Ahrol Risqullayev: “Men to‘p qo‘lga tekkanini ko‘rmay qoldim”
“Dangal” loyihasining maxsus soni to‘liqligicha hakamlik mavzusiga yo‘naltirilgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Unda ishtirok etgan Ahrol Risqullayev ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi. E’tiborlisi shundaki, mamlakatimizdagi eng nomdir referilardan biri karerasi davomidagi eng katta voqealar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Qarshidagi o‘yinda Ro‘ziqul Berdiyev bilan nima bo‘lgan edi? O‘sha voqeadan so‘ng “Nasaf” ustozi 3 o‘yinga chetlatilgandi!
- Bu futbol, unda doim "azart" bo‘ladi. Inson qizishadi, asabiylashadi. Men professional futbol o‘ynaganim uchun bu nima ekanligini bilaman. Xuddi shundek, hakamlarga ham emotsiya har xil ta’sir qilishi mumkin. Bu narsani hakamlik faoliyatimni boshlaganimdan so‘ng tushundim. To‘g‘ri, o‘sha o‘yindagi vaziyat ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Barchasiga voqea hakam tomondan qo‘shib berilgan daqiqalarda bo‘lgan voqea sabab bo‘ldi.

“Nasaf” futbolchisi so‘nggi daqiqalarda yo‘llagan zarba Kaxi Maxaradzening qo‘liga tegdi, ammo buni tabiiy hol deb baholadim. Vaziyatni yaxshi ko‘rganim uchun ikkilanib o‘tirganim yo‘q. VARdagi Rustam Lutfullin bilan suhbatlashdim. Agar men xato qilganimda, u meni to‘xtatgan bo‘lardi, hatto, boshqa jamoa hujum qilayotganda ham. “Lokomotiv” oldinga o‘tayotgan paytda VARdagilar menga qarorim to‘g‘ri ekanligini aytdi. Bahs yakunlangandan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev oldimga kelib, qizishib ketdilar. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, ammo shaxsiyatga tegadigan gaplarni aytdilar. Keyinchalik, futbolchilar va yonimda hakamlar buni tasdiqladi.

Nega O‘zbekistonda yangi Ravshan Ermatovlar chiqmayapti?
- To‘g‘ri, 10 yil bo‘ldi. Harakat qilyapmiz, ammo Ermatov talant. Ularning orqasidan biz ham jahon arenasiga chiqishga intilyapmiz. Hozirgacha xalqaro o‘yinlarga chiqsak, Ravshan Ermatovni so‘rashadi. Ularga o‘rinbosar bo‘lishga harakat qilyapmiz. Bizni o‘zbek hakamligi maktabi bor ekanligi uchun hurmat qilishadi.

Faoliyatingiz davomida eslasangiz afsuslanadigan darajadagi xato bo‘lgan qaroringiz bormi?
- Karantindan avval edi. “Navbahor” – “Andijon” o‘yini yodimda. Ochig‘i, bahs oxiri bo‘lgani uchun vaziyatni ko‘ra olmay qolganman. O‘sha holatni hali-hamon eslayman. "Vodiy derbisi", stadion liq to‘la, bellashuv 1:1 hisobida davom etmoqda, atmosfera dahshatli darajada, har bir daqiqada hujum. “Andijon” tempni tushurish uchun harakat qilmoqda, ammo yakunga borib “Navbahor” standartga ega bo‘ldi. Jarima maydonchasi ichida 18 ta futbolchi bor edi. To‘p uzatib berilgach, “Navbahor” futbolchisi bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p “Andijon” forvardi Ro‘zimboy Ahmedovning qo‘liga tegdi. Men qo‘lni "tabiiy holatda" deb baholagan edim. O‘yindan keyin ushbu kadrlarni qayta ko‘rgach, xato qilganimni sezdim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ahrol Risqullayev: “Men to‘p qo‘lga tekkanini ko‘rmay qoldim”