21:39 / 13.01.2023
1 236

Oston O‘runov o‘zini o‘zi “chopdi”

Oston O‘runov o‘zini o‘zi “chopdi”
Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng iqtidorli o‘yinchilaridan hisoblanadi. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchimizning Rossiyadagi faoliyati muvaffaqiyatsiz kechdi.

Rossiya premer-ligasida “Ufa”, “Spartak” va “Ural” jamoalarida to‘p tepgan hamyurtimiz o‘tgan yilning oxirida jamoasiz qoldi.

Yekaterinburgning “Ural” jamoasi kutilmaganda legionerimiz bilan shartnomani bekor qildi. Bu holat bo‘yicha ko‘p taxminlar bildirildi.

Taniqli insayderlardan Ivan Karpov o‘tgan yilning oktabr oyida O‘runov “Ximki” bilan o‘yindan oldin murabbiylar shtabi bilan tortishib qolganini ta’kidlagandi.”RB Sport” nashri esa mojaro Rossiya kubogi doirasida “Sochi”ga qarshi bahsda o‘zbek futbolchisi zaxiradan o‘yinga tushishdan bosh tortganidan keyin boshlanganini ma’lum qilgan.

“Ural” bosh murabbiyi Viktor Gancharenko o‘shanda nima bo‘lganini ro‘yi rost aytib berdi.

- Oston o‘zini o‘zi “chopdi”. “Sochi” bilan safarda o‘yinimiz bor edi. O‘runov kiyim almashtirish xonasida mashq qilib, bahsga tayyorlanayotgan edi. Birdaniga “portladi” va xonada uyoqdan buyoqqa yugura boshladi.

Men nimadir bo‘ldi, deb o‘yladim. U hamon o‘zini bosib olmagan edi, so‘kina boshladi. Keyin yonimga kelib, “Men uchrashuv qaydnomasida yo‘q ekanman! Do‘stlarim shunday, deb yozdi. O‘ynatmasanglar nega meni oldinglar?”, - dedi.

Men unga “Gapimni eshit, aqling bormi? Bu xonada borlarning hammasi qaydnomaga kiritilgan. Sen kimga ishonasan? Mengami yoki senga xabar jo‘natgan do‘stinggami?”, dedim.

Oston haqiqatan qaydnomada bor edi. Faqat zaxiraga olingandi. Do‘sti esa, tushunarsiz narsalarni yozvorgan. Bunaqa hissiyotlarning portlashidan keyin men uni uchrashuvga tayyormas, degan qarorga keldim.

- Keyin nima bo‘ldi?
- Avvaldan aytib qo‘yay, O‘runov juda yaxshi sifatlarga ega. U tezkor, zarbasi yaxshi. Lekin u o‘z ustunliklarni gollar va assistlar bilan statistikada ham tasdiqlab qo‘yishi kerak. Chunki unda hamma narsa bor, gol va paslar yo‘q.

Men unga ayrim narsalarni bir necha marotaba tushuntirdim. Lekin u o‘ylamay o‘ynashni xush ko‘radi.

Futbolchi qaydnomada bo‘lmaganiga bunaqa reaksiya qilishini ko‘rganingdan keyin, uni ham, o‘zingni ham, jamoani ham qiynamaslik uchun xayrlashish kerak, degan qarorga keldim.

- Unga ketishi kerakligini o‘zingiz aytdingizmi?
- Ha, “Sochi” bilan bo‘lgan uchrashuvning ertasiga aytdim. Grigoriy Ivanovga, mening fikricham, uni jo‘natib yuborish kerak, dedim. U menga “Shunday deb o‘ylasang, jo‘natvor”, dedi.

Xuddi shunday qildik. Oston buni to‘g‘ri qabul qildi, baqir-chaqir bo‘lgani yo‘q. Men unga “Sen o‘ynashing kerak, men esa buni kafolatlamayman”, dedim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov o‘zini o‘zi “chopdi”