date
views 780

Mourino “Roma”ni tark etishi kutilmoqda

Mourino “Roma”ni tark etishi kutilmoqda
Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum yakunlanishi bilan Rimni tark etishi mumkin, deb xabar tarqatmoqda bir necha ommaviy axborot vositalari.

Sky Sport nashrining ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatining transfer siyosatidan keskin norozi bo‘lmoqda. Sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy ko‘rsatgan o‘yinchilarni qo‘lga kirita olgani yo‘q.

Mourinoning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Uning qo‘l ostida “bo‘rilar” o‘tgan mavsumda UYEFA Konferensiyalar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Joze Mourino yakuniy qarorga kelishdan oldin klub xo‘jayini Den Fridkin bilan uchrashib, o‘z kelajagini muhokama qilib oladi.

“Roma” xo‘jayini portugaliyalik mutaxassis bilan suhbatlashish uchun AQSHdan Rimga kelishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino “Roma”ni tark etishi kutilmoqda