
Asli kelib chiqishi belaruslik, yaqinda O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan Vladislav Kosminin "Metallurg" bilan shartnoma imzoladi. Mamlakatimizga 2017 yili kirib kelgan va AGMKda to‘p tepgan Kosminin keyinchalik "Qizilqum", "Turon" jamoalarida o‘ynadi. O‘tgan mavsum esa Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga ko‘chib o‘tdi va Osiyo chempionlari ligasida ishtirok etdi.
Futbolchilik faoliyatini 2006 yili Belarusning "Naftan" jamoasida boshlagan Vladislav ushbu yurtning "Polotsk" (2010), "Volna" (2011/2012), "Granit" (2013), "Vitebsk" (2014), "Neman" (2016) klublarida ham to‘p tepdi. Vladislav yarim mavsum Qozog‘iston chempionatida ham ko‘rinish bergan.
2019 yilni "Oqjetpes" jamoasida boshlagan Vladislav ikkinchi davradan yana olmaliqliklar tarkibiga kelib qo‘shildi. 2018 yilda u O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. 2020 yilni Navoiyda, 2021 yilni esa Yaypan jamoasida o‘tkazdi. Bekobodga esa Dushanbe jamoasidan kelib qo‘shildi. "Istiqlol" tarkibida Tojikiston Superkubogini qo‘lga kiritdi. Osiyo chempionlari ligasida 5 ta o‘yinda maydonga chiqib, bitta gol urgan.
Shu yillar davomida 33 yoshli futbolchi 278 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 27 ta gol kiritgan.
Vladislav KosmininMetallurg JamoasiO‘zbekiston FuqaroligiFutbol FaoliyatiOsiyo Chempionlari LigasiTojikiston Superkubogi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar