"Bunyodkor" "Rostov"dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

"Bunyodkor" "Rostov"dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
BAA poytaxti Abu Dabi shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Bunyodkor" navbatdagi sinov-nazorat bahsida maydonga tushdi. Unda "qaldirg‘ochlar"ga "Rostov" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda rossiyaliklar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yinda gollarga Nikolay Komlichenko, Danil Utkin, Yegor Golenkov, Dmitriy Poloz mualliflik qildi. Vakillarimiz maydonni golsiz tark etdi.

Bundan oldingi bahsda hamyurtlarimiz Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar