Qishki transfer mavsumi yakunlanishiga bir necha kun qolgan pallada Eldor Shomurodov oldida yangidan yangi variantlar paydo bo‘lmoqda.
Hozir Italiyaning o‘zidan “Torino”, “Kremoneze”, “Spetsiya” va “Verona” klublari o‘zbek legioneri yordamida hujum chizig‘ini kuchaytirish istagini bildirgan va ular “Roma” rahbariyati bilan transfer masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Hujumchimizni so‘rab, Rim klubi rahbariyatiga murojaat qilgan klublar orasida Fransiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Lill” vakillari ham bor. Fransuzlar agar “Roma” futbolchini ijaraga berib, keyinchalik sotib olish huquqini taqdim qiladigan bo‘lsa, bu savdoni 13-14 million yevroga baholashga tayyor.
“Lill” taklif qilayotgan ikkinchi variant bo‘yicha “Roma” badal pulini bir necha millionga pasaytirsa, fransiyaliklar rimliklar sport direktori Tyagu Pinto talab qilganidek, Shomurodov transferini birdaniga sotib olishi mumkin.
Italiya transfer bozorini kuzatib borayotgan manbalar “Roma”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan tajribali legionerimizga Germaniya Bundesligasidan taklif bo‘layotganini yozmoqda.
- “Roma”ni tark etishi kutilayotgan o‘yinchi faqatgina Nikolo Dzanolo emas. Eldor Shomurodov atrofidagi savdo tobora qizib bormoqda. Anchadan beri “Torino”, “Kremoneze” va “Lill” o‘rtasida kechayotgan kurashga Leverkuzenning “Bayer” klubi ham qo‘shildi, - deb yozmoqda Sky Sport nashri.
Mashhur nashrning bu yangiligini “Roma” faoliyatini muntazam yoritib borayotgan https://tuttoasroma.it sayti ham tasdiqladi.
- Leverkuzenning “Bayer” jamoasi “Roma”dagi o‘zbek hujumchisini nishonga oldi va ayni paytda Rim klubi bilan bog‘lanib, transfer ma’lumotlarini to‘plamoqda. Ular rasmiy taklif berishga tayyorgarlik ko‘ryapti, - deb yozdi mazkur sayt jurnalisti Roberto Molinari.
Yevropa futbolining eng ishonchli manbalaridan bo‘lgan taniqli insayder Janluka di Marsio ham o‘z kanallari orqali “Bayer” Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqayotgani haqida axborot tarqatmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “Bayer” ayni paytda Germaniya Bundesligasida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. Leverkuzenliklarda hali Yevrokuboklarda ishtirok etish huquqini beruvchi o‘rinlar uchun kurashish imkoniyati yetarli.
Bu mavsum “Bayer” ko‘p gol ura oladigan tajribali hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Asosiy to‘purar fransiyalik Mussa Diabi 16 ta uchrashuvda oltita gol urdi. Chexiyalik forvardlar – Patrik Shik hisobida ikkita, Adam Glojekda bitta gol bor xolos.
O‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Sardor Azmun bir yildan beri “Bayer” safida to‘p tepmoqda. Eronlik o‘yinchi joriy mavsum Bundesliga, Chempionlar ligasi va Germaniya kubogida jami 11 ta bahsda maydonga tushib, hali gollari hisobini ochgani yo‘q.
Yevropada qishki transfer oynasi yopilishiga hali bir necha kun vaqt bor. Eldor Shomurodov uchun kurash oxirigacha davom etishi kutilmoqda. “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino bir necha o‘yindan beri hamyurtimizni maydonga tushirmayapti. Bu Rim klubi o‘zbek legioneri bilan xayrlashishga tayyor ekanidan dalolat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»