Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan klassik shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess-2023" musobaqasi hamyurtlarimiz uchun yakunlandi.
Masters guruhida 13-turda niderlandiyalik Jordan Van Forestga qarshi bahs olib borgan Nodirbek Abdusattorov imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Nodirbek 8 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 8,5 ochko jamg‘argan mezbon shaxmatchi Anish Giri chempionlikka sazovor bo‘ldi. Qolaversa, Nodirbek bilan bir xil ochko jamg‘argan Magnus Karslen ham hamyurtimiz bilan birgalikda 2-o‘rinni egallaydigan bo‘ldi.
Chelenjer tasnifida ishtirok etgan hamyurtimiz Javohir Sindarov 13-turda yana bir mezbon shaxmatchi Tomas Berdsenni mag‘lub etib, ochkolari sonini 8,5 ga yetkazdi. Ushbu natija orqali Javohir o‘z guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Chelenjer tasnifida chempionlik 10 ochko bilan germaniyalik Aleksandr Donchenkoga nasib etgan bo‘lsa, turkiyalik Mustafa Yilmaz 9 ochko bilan 2-pog‘onani band etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...