
"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib bormoqda.
Samvel Babayan shogirdlari bugun Rossiyaning "Rubin" klubiga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv qozonliklarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Raqib jamoa safida Kabutov dubl qayd etdi, Fameye, Apshatsev va legionerimiz Rahmonaliyev bir marotabadan gol urdi. Shuningdek, "lochinlar" himoyachisi Luka Chermel o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
"Navbahor" — "Rubin" 0:6
Gollar: Dmitriy Kabutov (4, 38), Joel Fameye (30), Marat Apshatsev (60), Umarali Rahmonaliyev (62), Luka Chermel (avtogol, 77)
"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Milosh Milovich, Luka Chermel, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Abror Ismoilov, Jasur Yaxshiboyev, Shohro‘z Norxonov, Temirxo‘ja Abduxoliqov.
"Rubin": Belenov, Kabutov, Ashurmatov, Martinovich, Gritsayenko, Samoshnikov, Zotov, Zagoyev, Bezrukov, Fameye, Lisakovich.
NavbahorRubinO‘rtoqlik UchrashuviYangi MavsumSamvel BabayanG‘alaba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar