
Professional bokschimiz, birinchi yarim yengil vazn toifasida (55.3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyev o‘z kamarlarini 8 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida filippinlik Marlon Tapalesdan himoya qiladi.
Tapalesning promouteri Shon Gibbons uning holati haqida fikr bildirdi. "Uning holati va tanasi "daxshatli" ko‘rinishda. Filippin yana bir jahon chempioniga ega bo‘lishiga oz fursat qoldi", - deydi Shon Business Mirror nashriga.
Marlon Tapales (39-3, 19KO) ham Ahmadaliyevga tegishli kamarlarni tortib olishni maqsad qilganini yarishib o‘tirmadi.
"Biz to‘xtamaymiz va chempion bo‘lmagunimcha vatanimga qaytmayman", - deydi Tapales. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar