Bepul shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan mashhur 5 nafar futbolchilar

Yozda yuksak darajadagi 5 nafar mashhur futbolchilar shartnomasiz qolishadi. Mana quyida mazkur futbolchilar bilan tanishing.

Sofian Feguli
Har yili yozda Sofian top-klublarning e’tiborini qozondi degan turli xildagi gap-so‘zlar tarqalib kelmoqda, lekin bu yil yozda uning boshqa klub libosini kiyishi uchun vaqt etib keldi. Feguli o‘zining texnikasi, tezligi, driblingi, kuchli to‘p tepishi orqali har mavsumda yuksak darajada o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. "Valensiya" har yili yangi bosqichga chiqish uchun tayyorlanadi, lekin har safar nimadir etishmay qoladi. Vaqt o‘tib bormoqda, Feguli 26 yoshda, u o‘zini kuchliroq klubda sinab ko‘rishga tayyor va ushbu Jazoirlik yigitning erkin agent maqomini olishi ko‘pgina klublar uchun juda ham jozibador variant bo‘lishi mumkin.

Xatem Ben Arfa
Xatem bir necha yillardan buyon o‘zining optimal formasini tiklay olmayapti va undan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Bu bilan u ko‘pchilikda "kutilgan ishonchni oqlay olmagan" futbolchilar ro‘yxatidan o‘rin oladi degan fikr uyg‘otdi. Lekin uning "Nissa" ga o‘tishi hammasini o‘zgartirdi, ushbu mavsum uning keyingi bir necha yillardagi eng yaxshi mavsumi bo‘ldi. Biroq uning "Nissa" bilan shartnomasi 1 yilga tuzilgan va yozda o‘z nihoyasiga etadi. Ushbu yozda u erkin agent sifatida jamoani tark etadi, bir qancha klublar uni o‘z safida ko‘rishni istashmoqda, ularni ichida «Barselona» ham bor.

Gregori van der Vil
Gollandiyalik parijliklarning asosiy futbolchilari qatoriga kira olmadi, lekin zahirada o‘tirmadi va mavsum davomida klubning 20 nafar futbolchilari orasidan joy oldi. "PSJ" uni jon deb olib qolishni xohlaydi, chunki futbolchilarni rotasiya qilish uchun u a’lo darajadagi variant, lekin klub murabbiyi nazarida ikkinchi darajali o‘yinchiga aylanib qolganligi gollandiyalikning e’tirozini keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun Grigori shartnoma muddati tugagach klubni tark etishga qaror qildi, yozda uni o‘z safida ko‘rishni xohlovchi klublar etarlicha topiladi.

Stiv Mandanda
Stiv anchadan buyon "Marsel" darajasidan o‘sdi, u bir necha mavsumdan buyon barqaror o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Doimiy ravishda o‘z davlatining milliy terma jamoasida ham o‘ynab kelmoqda. Uni 5 yildan buyon klubni tark etishi haqida gapirilmoqda, "Marsel" ni top-klub darajasiga chiqishi uchun hali ancha borligi aniq bo‘lib ulgurdi. Shu uchun Stiv klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi va erkin agent sifatida klubni tark etishga qaror qildi. Mandanda hozir 31 yoshni qarshiladi, lekin bu uning boshqa klub izlashiga mon’elik qilmaydi, sababi darvozabonlar uchun bu ajoyib yosh hisoblanadi. Shunday ekan "Marsel" ni jamoa sardori bu yil tark etishini kutamiz.

Djon Terri
"Chelsi" o‘zining afsonalaridan biri bilan xayrlashib ulgurdi, Lempardni nazarda tutmoqdamiz. Endi navbat Terriga etib kelgan ko‘rinadi, himoyachi bilan tuzilgan shartnoma yozda o‘z nihoyasiga etadi va "Chelsi" uni uzaytirishga intilmayapti. Klubga kelgan yangi murabbiy jamoani boshqatdan tuzadi va u 34 yoshli himoyachining xizmatiga tayanmaydi. Bu mavsumda Terri tez-tez zahira o‘rindig‘ida qoldi, unga o‘zini ko‘rsatish imkoni berilganda jamoa sardori jamoasini qo‘llay oldi. Oxir-oqibat u klub uchun keraksiz ekanligi oydinlashdi. Djonga hali Xitoy, Amerika yoki Sharq klublarida o‘ynashga vaqtli, u hali bir necha yillar davomida o‘zining yuksak darajadagi o‘yinini ko‘rsatishi uchun imkoni bor. Savol shunday bo‘ladiki, Terrining o‘zi xohlarmikan yana 1-2 yil Evropa miqyosida o‘ynashni. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing