Rasmiy xabar! Joze Mourino “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino endilikda “Manchester Yunayted”ni boshqaradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari Mourinoni rasman bosh murabbiy sifatida omma e’tiboriga tanishtirdi. Tanishtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Ed Vudvord va Joze Mourino ishtirok etgan. Joze endilikda “MYu”ni 3 yil davomida boshqaradi va yillik maoshi 15 million funtni tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing