"Fujairah Open-2023"ni "yondirgan" taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi

"Fujairah Open-2023"ni "yondirgan" taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi
Avval xabar berganimizdek, Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan "Fujairah Open-2023" musobaqasida O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza jami 9 ta medalini qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor bitta musobaqada 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bugun tongda qahramonlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi, yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tantanali kutib olindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar