
“Roma” hujum chizig‘ini yangilash arafasida turibdi. Qishki transferlar vaqtida Eldor Shomurodov ijara asosida “Spetsiya”ga o‘tib ketdi va mavsumni mana shu jamoa safida yakunlaydi.
Hujumkor futbolchilardan Nikolo Dzanolo “Galatasaroy” taklifini qabul qilgani aytilmoqda.
Endi navbat angliyalik hujumchi Temmi Abraxamga keldi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Roma” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag fransiliyalik hujumchi Antoni Marsyalning o‘yinidan va jismoniy holatidan qoniqmayapti. Niderlandiyalik mutaxassis Marsyal o‘rniga Abraxamni olib kelmoqchi.
RomaEldor ShomurodovNikolo DzanoloGalatasaroyTemmi AbraxamManchester Yunayted O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar