
Ertaga Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Ash-Shabab" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bellashuvdan oldin har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida saudiyaliklar ustozi Visente Morenoning fikrlari bilan tanishib chiqing:
"Bu bosqichda kimga qarshi to‘qnash kelish muhim emas. Guruhdan chiqqan jamoalar kuchsiz emasligi kundek ayon.
Biz keyingi bosqich haqida o‘ylamayapmiz. Bor e’tiborimiz ertangi bahsga qaratilgan. Mening va jamoamning yagona maqsadi - "Nasaf"ni mag‘lub etish.
Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, raqib ham juda yaxshi klub. Ularda yoshlar va texnik tomondan kuchli futbolchilar to‘p tepadi.
Bellashuvga tayyorgarlik ko‘rishga yetarlicha vaqtimiz bo‘lmadi. Biroq ishonchimiz komil, biz vazifani bajaramiz", - dedi raqib bosh murabbiyi.
Osiyo Chempionlar LigasiAsh-ShababNasafBellashuvMatbuot AnjumaniRaqib Bosh Murabbiyi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar