23:31 / 26.02.2023
364

OCHL yarim final. "Al-Hilol" Qatar klubini yanchib tashladi

OCHL yarim final. "Al-Hilol" Qatar klubini yanchib tashladi

Osiyo chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Duhail" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda saudiyaliklar yirik 7:0 hisobida taslim etdi.

Saudiya klubi hujumchisi Igalo poker qilgan bo‘lsa, Marega dubl muallifiga aylandi. Yana bir golni Al Davsari o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Al-Hilol" OCHL finaliga yo‘l oldi.

"Al-Duhayl" - "Al-Hilol" 0:7

Gollar: Igalo 2, Igalo 10, Marega 14, Marega 27, Al Dossari 38, Igalo 48, Igalo 63.

"Al-Duhayl": Hassan Mussa, Almoiz Ali, Al Naymi (Diyab 67), Al Ravi (Musa 46), Aymen, Budiaf (Muhammad K. 46), Fernandes, Luis, Muhammad, Nam Tae Xi, Olunga (Muhammad Hassan 68).

"Al-Hilol": Al Mayuf, Abdulhamid (Al Burayk M70), Al Bolayhi (Al Dossari K 70), Al Dossari S, Al Faraj, Al Yami, Igalo (Al Shahri 70), Jan Xyun Su, Kanno (Otayf 60), Marega (Al Hamdan 59), Mishel.

Ogohlantirishlar: Luis 21 - Al Mayuf 55.

OCHL finalida "Al-Hilol"ni Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" jamoasi kutib turibdi. Final ikkita uchrashuvdan iborat bo‘ladi.

29 aprel. "Al-Hilol" - "Urava Red Daymonds"

6 may. "Urava Red Daymonds" - "Al-Hilol"


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL yarim final. "Al-Hilol" Qatar klubini yanchib tashladi